Ilm-fan
Joriy yil 20-iyun kunidan 2022/2023 oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga abituriyentlarni onlayn roʻyxatga olish boshlangandi. Xususan, 28-iyundan Davlat test markazining “My.dtm.uz” sayti orqali yoʻnalishlarni tanlash imkoniyati ochildi.
Unga koʻra, abituriyentlar 5 tagacha yoʻnalish tanlashi mumkin. 2022-yildan boshlab bir paytning oʻzida bir nechta taʼlim shakllarini (kunduzgi, sirtqi, kechki, masofaviy) tanlasa boʻladi.
Roʻyxatga olish 20-iyulga qadar (20-iyul kuni ham) davom etadi va abituriyentlar 20-iyulga qadar oʻz maʼlumotlarini oʻzgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega boʻladigan boʻlsa, sertifikat maʼlumotlarini kiritishlari mumkin boʻladi.
Shuningdek, chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkaziladigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga onlayn roʻyxatga olish esa 10-iyulga qadar (10-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111977
Jamiyat
94702
Jamiyat
90708
Jamiyat
75479
Jamiyat
//
Izoh yo‘q