Siyosat
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashida “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Oliy Majlis Senati Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasi aʼzosi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov Konstitutsiyasiga kiritilayotgan asosiy oʻzgartish va qoʻshimchalar xususida maʼlumot berdi.
Mamlakatimizda konstitutsiyaviy islohotlar jarayoni qizgʻin pallaga kirdi. Maxsus komissiyaga oʻtgan bir oy davomida kelib tushgan 60 mingdan ortiq takliflar asosida konstitutsiyaviy qonun loyihasi ishlab chiqildi. Bosh qomusimizning 64 ta moddasiga 200 dan ortiq oʻzgartirish, 6 ta yangi modda bilan 16 ta yangi norma kiritish nazarda tutilmoqda.
2022-yil 24-iyun kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasini birinchi oʻqishda qabul qildilar. Mazkur hujjat “Xalq soʻzi”, “Narodnoye slovo” gazetalarida hamda “Meningkonstitutsiyam.uz” elektron platformasida umumxalq muhokamasiga qoʻyildi.
Bosh qomusimizga, jumladan, jamiyatning turli ijtimoiy qatlamlariga mansub fuqarolarning shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ekologik huquqlari hamda manfaatlarini taʼminlashga, himoya qilishga qaratilgan toʻgʻridan-toʻgʻri ishlaydigan normalar kiritilmoqda.
– Davlat qulay ishbilarmonlik va investitsiya muhitini, tadbirkorlikning rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni taʼminlash, halol raqobat himoya qilinishini, iqtisodiy faoliyatda monopollashtirishga yoʻl qoʻyilmasligini kafolatlash, tadbirkorlar qonunchilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirishga, tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda daromad olishga haqliligi belgilab qoʻyilmoqda, – dedi senator Minhojiddin Hojimatov. – Konstitutsiyaviy qonun loyihasida davlat hokimiyati asoslarini yanada takomillashtirishga, parlamentning vakolatlarini kuchaytirishga, fuqarolarning qonunchilik jarayonidagi faol ishtirokini taʼminlashga qaratilgan normalar ham aks etmoqda. Xususan, hokimlar bir vaqtning oʻzida xalq deputatlari kengashlariga ham rahbarlik qilishi haqidagi norma chiqarib tashlanib, xalq deputatlari kengashining va hokimlarning vakolatlari alohida mustahkamlab qoʻyilmoqda.
Videokonferensiya shaklida oʻtgan muhokamada Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining hududlardagi 3000 dan ziyod xodimlari masofadan ishtirok etdi. Tadbirda xalqimizning yangi zamondagi oʻzgarishlarga befarq qaramasdan, shaxsiy tashabbus koʻrsatib, mamlakatda kechayotgan keng koʻlamli islohotlarning faol ishtirokchisi boʻlishga intilayotgani, konstitutsiyaviy yangilanishlarni xayrixohlik va yakdillik bilan qoʻllab-quvvatlayotgani taʼkidlandi.
– Nuroniy va yoshlarimiz, turli millat vakillari, oʻqituvchilar, tibbiyot xodimlari, tadbirkorlar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari hozir ham taklif yuborishda davom etmoqdalar, – dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi Aktam Xaitov. – Har bir vatandoshimiz ushbu hujjatni mening konstitutsiyam deb qabul qilib, qonunchilik islohotlarida oʻzini, oilasini, mahallasini, jamiyat va davlatni yillar davomida bezovta qilib kelayotgan muammolar yechimini koʻrmoqda.
Shu yilning 25-iyun kunidan 5-iyul kuniga qadar davom etadigan umumxalq muhokamasi natijasiga koʻra tayyorlangan yangi konstitutsiyaviy qonun loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi referendumiga qoʻyiladi. Har bir fuqaroning ushbu jarayondagi faol ishtiroki muhim boʻlib, Oʻzbekistonning kelgusi taraqqiyoti uchun dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q