Oʻzbekistonlik sportchilar tarixiy natija qayd etdi

Saqlash
01:02 / 28.06.2022 1186 0

Badiiy gimnastika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi 23−26-iyun kunlari Pattayya (Tailand) shahrida oʻtkazilgan Osiyo chempionatida 17 ta medalni qoʻlga kiritdi.

 

Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati xabariga koʻra, musobaqada oʻzbekistonlik gimnastikachilar 10 ta oltin, 5 ta kumush va 2 ta bronza medalni qoʻlga kiritdi.

 

Taxmina Ikromova halqa, toʻp va tayoq bilan mashq bajarish hamda koʻpkurashda oltin, shuningdek, lenta bilan mashq bajarishda kumush medalni qoʻlga kiritdi.

 

Sabina Toshkenboyeva toʻp bilan chiqish boʻyicha musobaqada kumush medal bilan taqdirlandi.

 

Guruh mashqlarida oʻzbekistonlik gimnastikachilar uchta lenta va ikkita toʻp bilan dastur boʻyicha eng yuqori natijani koʻrsatdi.

 

Oʻzbekiston terma jamoasining yoshlar guruhida yana ikki vakil gʻalaba qozonishdi: tayoq bilan chiqqan Eveline Atalyans va lenta bilan chiqqan Vilana Savadyan birinchi oʻrinni egallashdi.

 

Beshta toʻp bilan oʻtkazilgan guruh mashqlarida oʻzbekistonlik gimnastikachilar ikkinchi oʻrinni egalladi. Birinchi oʻrinni Qozogʻiston, uchinchi oʻrinni Yaponiya terma jamoasi egalladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//