Sport
Janubiy Koreyaning Chunchon shahrida boʻlib oʻtayotgan taekvondo boʻyicha XXV Osiyo chempionatining ikkinchi va uchinchi kungi bellashuvlarida Oʻzbekiston terma jamoasi hisobiga yana ikkita oltin va ikkita bronza medallari qoʻshildi. Bu haqda Oʻzbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi xabar berdi.
Musobaqada -74 kg vazn toifasida qatnashgan oʻzbekistonlik Jasur Jaysunov ilk bosqichda pokistonlik Iqbol Muhammadni, chorak finalda Chen Jun Veinini, yarim finalda esa pokistonlik Ahmad Baxlulni bir xil — 2:0 hisobida magʻlub etib, finalga chiqdi. U asosiy bahsda eronlik Mirxashem Hussaynini yengdi va Osiyo chempioni boʻldi.
Shu kungi bahslarda qizlar oʻrtasida -62 kg vazn toifasida ishtirok etgan oʻzbekistonlik Feruza Sadikova yarim finalgacha yetib bordi va Osiyo chempionati bronza medali sohibasiga aylandi. Sadikova bu bosqichda eronlik Nastaran Valizodaga qarshi bellashuvda imkoniyatni boy berdi. Eronlik taekvondochi finalda mezbonlar vakili Nam Min Seoga magʻlub boʻldi va kumush medaliga sazovor boʻldi.
Osiyo chempionatining bugungi bahslarida yana ikki nafar oʻzbekistonlik taekvondochi medallarga ega boʻldi.
Musobaqada -87 kg vazn toifasida Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan Nikita Rafalovich barcha raqiblarini magʻlubiyatga uchratib, oltin medalni qoʻlga kiritdi. U finalda iordaniyalik raqibi Fahed Sbeyhidan ustun keldi. Shuningdek, qizlar oʻrtasida +73 kg vazn toifasida ishtirok etgan Svetlana Osipova bronza medalini qoʻlga kiritdi. Bu vazn toifasida Akram Xodabande finalda xitoylik raqibasi Chjou Zekini magʻlub etib, oltin medaliga sazovor boʻldi.
Nikita Rafalovich, Pavel Xan (murabbiy), Svetlana Osipova. Foto: UTA
Ushbu natijalardan soʻng taekvondo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi uchta oltin, bitta kumush va ikkita bronza medali bilan umumjamoa hisobida (Xitoy bilan) uchinchi oʻrinda bormoqda. Birinchi oʻrindagi Janubiy Koreyada toʻrtta va ikkinchi oʻrindagi Eronda uchta oltin va beshta kumush medali bor. Musobaqa ertaga yakunlanadi.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q