Jahon
Joriy yilning 29-30 sentabr kunlari Istanbul shahrida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Turkiy kengash kotibiyati, Istanbul va Marmara universitetlari hamkorligida “Mahmud Koshg‘ariyning ilmiy merosi va uning uchinchi mingyillik turkologiyasi rivojidagi o‘rni” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Konferensiyani tashkil qilish maqsadida shu kunlarda Istanbulda hamkor tashkilot va universitetlar bilan ishchi uchrashuvlar o‘tkazildi. Shuningdek, Turkiyada nashr etilayotgan TDSHU professori K.Sodiqovning «Devonu lug‘otit-turk» asariga bag‘ishlangan monografiya taqdimoti masalasi ko‘rib chiqildi.
Ushbu anjumanda O‘zbekiston, Turkiya, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Tojikiston, AQSH, Rossiya, Ukraina va Erondan 30 dan ziyod olim ma’ruzalari bilan ishtirok etishi kutilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
112748
Jamiyat
95425
Jamiyat
92216
Jamiyat
76547
Jamiyat
//
Izoh yo‘q