Ilm-fan
Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Chimboy tumanida IT tanlovi gʻolibiga “Pilot” (udlinitel) sovgʻa qilingani va bu kulgiga olingani haqida xabarlar tarqalgandi. Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev mazkur holat nazoratga olinib, gʻoliblar qayta taqdirlanganini maʼlum qildi.
“Chimboyda IT tanlovi boʻyicha vaziyatni darhol shaxsan nazoratga olib, gʻoliblarga yangi kompyuterlar topshirildi. Yoshlarimiz bu holatdan tushkunlikka tushmasliklarini soʻrab qolamiz. Bilimli yoshlarimizni hamisha qoʻllab-quvvatlaymiz”, – deb yozadi agentlik direktori.

Chimboy tumani hokimligining 20-iyun kungi maʼlumotiga koʻra, tumanda yoshlar oyligi doirasida 15—25 yoshli ishtirokchilar orasida “IT bilimdoni” tanlovining tuman bosqichi oʻtkazilgan. Unda 60 nafardan ziyod yoshlar ishtirok etgan. Tanlov yakuniga koʻra, sovrindorlar boʻlgan yigitga “Pilot” va sertifikat berilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
112522
Jamiyat
95185
Jamiyat
91638
Jamiyat
76145
Jamiyat
//
Izoh yo‘q