O’zbekiston-Qirg’iziston hududlari o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri o’tuvchi tunel qurish taklifi ilgari surilmoqda

Saqlash
15:14 / 27.09.2021 1037 0

Bu haqda qirg’iz rasmiy nashri xabar bermoqda. Xususan, «Turmush.kg» nashrining xabar berishicha, Talas viloyati Amanboyev qishlog‘idan O‘zbekistonning Toshkent viloyatigacha bo‘lgan tunel qurish loyihasini tiklash ilgari surildi. 

Ma’lum qilinishicha, Sadir Japarovning Talas viloyati bo‘yicha vakili Bakitbek Narbekov bu haqda ma’lumot bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur loyiha Sovet Ittifoqi davrida ishlab chiqilgan, lekin amalga oshmagan.

— Ayni paytda qurilish loyihasini qayta boshlash uchun investorlarni qidirmoqdamiz. Tunel uzunligi 5.7 kilometr bo‘lishi ko‘zda tutilgan. 1 milliard somgacha baholangan tunel loyihasi bitsa, Talas va Toshkent o‘rtasidagi masofa 630 kilometrdan 120 kilometrgacha qisqaradi. Hozir Talas viloyati faqat Qozog‘iston bilan iqtisodiy aloqalarga ega. Biroq tunel qurilganidan keyin u O‘zbekiston bilan savdo, turizm va boshqa sohalarda hamkorlik qila oladi. Toshkent viloyatida 18 ta tuman mavjud bo‘lib, aholisi 8 millionga yaqin. Bu biz uchun yangi bozor bo‘ladi, — deydi B. Narbekov.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//