Ilm-fan
Toshkent shahrining Olmazor tumani “Gʻalaba” mahalla fuqarolar yigʻinida “Kitob va kitobxonlik inson maʼnaviyatining koʻzgusi” shiori ostida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati hamda tuman hokimligi hamkorligida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
Tadbir bahonasida mazkur koʻrkam va zamonaviy kutubxona fondiga yuzga yaqin oʻzbek va jahon adabiyoti durdonalaridan iborat qariyb 1000 dona badiiy kitoblar sovgʻa qilindi.
Madaniy-maʼrifiy tadbirda Olmazor tumani hokim oʻrinbosari Ziyodulla Saʼdullayev, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari, falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhammedova, Oʻzbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova, yuridik fanlari doktori, professor Feruza Muhitdinova, Yunus Rajabiy nomidagi maqom ansambli xonandalari Adolat Ismoilova “Muqumiy” nomidagi oʻzbek davlat musiqali drama teatri xonandasi Baxtiyor Ahmedovlar ishtirok etdi. Ularning chiqishlari madaniy-maʼrifiy tadbirga koʻtarinki kayfiyat baxsh etdi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
111955
Jamiyat
94698
Jamiyat
90701
Jamiyat
75461
Jamiyat
//
Izoh yo‘q