Odam savdosi va mehnat migratsiyasiga oid masalalarni xolis yoritishga bag‘ishlangan media trening bo‘lib o‘tdi

Saqlash
21:33 / 25.09.2021 1379 0

Tashqi va ichki migratsiya haqida qanchalik xabardormiz? Bu boradagi ochiq va yopiq ma'lumotlar va ularning xolis yoritilishi haqidachi? Odam savdosidan eng ko‘p jabrlanuvchilar kimlar? Ayollar, erkaklar, bolalar yoki hamma birdek barobar? Bu va shu kabi savollar bahsli mavzular Toshkent viloyatida bo‘lib o'tkan media treningda keng muhokama qilindi va maxsus trenerlar tomonidan jurnalist va blogerlarga amaliy-nazariy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.


23-24 sentyabr kunlari Boʻstonliq tumanida "Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda odam savdosi va mehnat migratsiyasiga oid masalalarni yoritish" mavzuida Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida faoliyat olib borayotgan jurnalist hamda blogerlar uchun seminar-trenning boʻlib o‘tdi.

 

Ikki kunlik seminar mobaynida noqonuniy migrant boʻlib ketishdan odamlarni ogohlantirish, aks holda bunday migrantlarning Vatanga qaytishi uchun amaliy yordam va mablagʻ ajratish qiyinlashishi, media soha vakillarining bu boradagi aniq ma'lumotlarni qayerdan va qay tartibda olish va xolis yoritish haqida ishtirokchilarga bilim hamda ko'nikmalar berildi.

 

Mashg‘ulotlarda media trenerlar Saida Sulaymonova, Shohida Qosimova, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining bo'lim boshlig'i Azim Axtamov, USAID "Markaziy Osiyoda xavfsiz migratsiya" loyihasining O'zbekiston bo'yicha koordinatori, Xalqaro Winrock tashkilotining mamlakatamizdagi filiali rahbari Nodira Saidkarimova ma‘ruza qildi va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazdi.


— Bizda ichki migratsiyadagi asosiy muammo "oʻzbekchilik" deb jabr koʻrganlarni aldanganini yashirish yoki aytmaslik holatlari kuzatiladi, afsuski. Seminarda ilgari ayol va bolalar jabr koʻrganlar koʻp murojaat tushgan boʻlsa, bugungi kunda erkaklar ham murojaat qilishayotgani haqida batafsil ma'lumotga ega bo'ldik. Bu mavzuda avval maqola yozmaganman. Ammo ushbu seminar sabab mavzuga qiziqdim va endi tahliliy materiallar tayyorlab borishni maqsad qildim, — deydi Abdulaziz Ahmad, "Hurriyat" gazetasi muxbiri.

 

Yulduz O‘rmonova,

Oyina.uz muxbiri.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//