Jamiyat
Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolov Sariosiyo tumanida joylashgan Toʻpalang suv ombori toʻgʻoni yorilib ketgani natijasida atrofni suv bosgani haqidagi xabarlar yuzasidan aholiga murojaat bilan chiqdi.
Viloyat hokimi Toʻpalang suv omborida boʻlib, haqiqiy holatga izoh berib, vahimaga oʻrin yoʻqligini taʼkidlagan.
“Bugun ertalab soat 08:14 da Sariosiyo tumani Toʻpalang suv omborining Toʻpalang GES qismida suv toshqini holati yuz bergan. Suv ombori toʻgʻoniga hech qanday talafot, shikast yetmagan. Hozirda suv sizib chiqishi toʻxtatilgan. Toʻpalang GESning ichki qismida yuzaga kelgan kichik nosozlik bugunning oʻzida bartaraf etiladi. «Zarchob-1” va “Zarchob-2” GES esa maromda ishlab turibdi. Hududda tegishli komissiya ish olib bormoqda. Fuqarolarimizdan tushkunlikka tushmaslikni, sarosimaga berilmaslikni soʻraymiz. Hech qanday vahimaga oʻrin yoʻq», deydi viloyat hokimi.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Siyosat
111060
Jamiyat
94515
Jamiyat
90459
Jamiyat
74534
Jamiyat
//
Izoh yo‘q