“Loʻlichilik qilmang” – Kusherbayev va Qodirov oʻrtasida dahanaki tortishuv yuzaga keldi

Saqlash
02:53 / 22.06.2022 885 0

Qonunchilik palatasining seshanba kungi majlisida OʻzLiDeP va “Milliy tiklanish” partiyalari deputatlari oʻrtasida kelishmovchilik yuzaga keldi. 

 

Qayd etilishicha, yigʻilish davomida elektron dalil masalasidagi qonun qonun loyihasi muhokama qilinayotgan payt ikki deputat oʻrtasida dahanaki tortishuv sodir boʻlgan.

 

“Loʻlichilik qilmang sahnaga chiqib olib. Gapni eshiting. Savolga javob berishni bilish kerak. ITʻni tushunasizmi? Elektron maʼlumot nimaligini tushunasizmi? Hech nimani tushunmaysiz. Bitta savolga ham javob berolmayapsiz”, — dedi Alisher Qodirov.

 

 

Jinoyat protsessual kodeksiga oʻzgartish kiritishga boshqa deputatlar Ilhom Abdullayev, Doniyor Gʻaniyev, Sharofiddin Nazarov ham qarshilik qildi. Ularning fikricha, hujjat fuqarolarning elektron qurilmalaridagi shaxsiy maʼlumotlarini olishga imkon yaratib qoʻyadi.

 

Bahs-munozaralar yakunida loyihani 43 nafar deputat qoʻllab-quvvatladi, yana 42 nafari qarshi ovoz berdi, 22 nafari betaraf va 9 nafari ovoz bermaganlar qatorida qoldi. Yakunda hujjat qoʻmitaga qaytarildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Ilm-fan

21:00 / 18.08.2025 0 248
O‘zbekiston yoshlari Ginnes rekordini yangiladi

Jamiyat

16:48 / 18.08.2025 0 57
Prezident Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi

Jamiyat

12:47 / 18.08.2025 0 92
Hafta davomida harorat pasayadi

Ko‘p o‘qilgan

Barchasi
109340
72685

//