Siyosat
Joriy yil 21-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi T.Narbayeva Qirg‘izistonga rasmiy tashrifi doirasida mamlakat Prezidenti S.Japarov bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati xabar berdi.
Tomonlar munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari, shu jumladan, parlamentlararo va mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikning huquqiy asoslarini mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar.
Prezident S.Japarov do‘stlik, ahil qo‘shnichilik va strategik hamkorlik tamoyillariga asoslangan Qirg‘iziston-O‘zbekiston munosabatlari yuksak darajaga yetganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Ikki davlat rahbarlarining ochiq va ishonchli aloqalari O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlashning muhim asosi ekanini ta’kidladi. Shu nuqtai nazardan Prezident S.Japarov ikki tomonlama hamkorlikda joriy yilning mart oyida Toshkentga amalga oshirgan davlat tashrifi muhimligini qayd etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati rahbari T.Narbayeva samimiylik va mehmondo‘stlik uchun Qirg‘iziston tomoniga chin dildan minnatdorlik bildirdi. Senat rahbari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning samimiy tabrigi va ezgu tilaklarini yetkazdi hamda O‘zbekiston rahbari Qirg‘izistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni to‘la qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Suhbat davomida tomonlar yuksak darajadagi kelishuvlarni amalga oshirishning huquqiy asosini mustahkamlash va samarali parlament nazoratini ta’minlash, ikki mamlakat mintaqalari o‘rtasidagi hamkorlik, shu jumladan, chegara hududlarining mahalliy munisipal Kengashlarining samarali aloqalarini faollashtirishga qaratilgan ikki tomonlama parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish, shuningdek, ikki mamlakat aholisining keng qatlamlari o‘rtasida yaqin madaniy-gumanitar aloqalar va muloqot uchun barcha zarur qulay shart-sharoitlar yaratishning muhimligini ta’kidladilar.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q