Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan uchrshuvi chogʻida sudlanganlik holati oʻsha shaxsning qarindoshlariga taʼsir qilmasligi qomusga muhrlanishini aytgan.
“Nima sababdan bir jinoyat uchun butun avlod javob berishi kerak? Otasining qilmishi uchun nega farzandlari yoki aka uchun uka javob berishi lozim? Bunday adolatsiz «tizim”dan endi butunlay voz kechamiz. Chunki xalqimizga nisbatan sobiq tuzum davrida, ayniqsa, oʻtgan asrning 30-yillaridagi siyosiy qatagʻonlarning oʻzi yetarli emasmi?!», degan davlat rahbari.
Uning aytishicha, Konstitutsiyaga “Shaxsning sudlanganligi va undan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklashga asos boʻlishi mumkin emas”, deb qatʼiy yozib qoʻyilishi kerak.
“Ozodlikdan mahrum etilgan barcha shaxslarga nisbatan insoniy munosabat va ularning qadr-qimmati taʼminlanishi shart”, degan norma ham Asosiy qonunimizda oʻz aksini topishi zarur», degan prezident.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q