Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun konstitutsiyaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kelib tushgan takliflar yuzasidan yigʻilish oʻtkazmoqda. Davlat rahbari “propiska” masalasida oʻz taklifini bildirdi.
— Bilasizlarmi, meni koʻp yillardan buyon qiynab kelgan yana bir masala bor edi, u ham boʻlsa “propiska”, degan muammo. Odamlarimiz Toshkentga kelish uchun yoʻllardagi nazorat postlaridan pasportsiz, “metrika”siz oʻta olmas edi. Hammamizning faxrimiz boʻlgan poytaxtimizni tomosha qilishga yoki ishlashga kelsa ham hadiksirab yurardi.
Nega? Chunki amaldagi Konstitutsiyada fuqarolarimizning erkin harakatlanishiga oid normalar toʻliq yozilmagan. Vaholanki, bironta demokratik mamlakatda bunday tart́ib yoʻq», dedi davlat rahbari.
“Odamlarimizni, ularning huquqlarini kamsitadigan bunday holatni bartaraf etish uchun biz yoʻllardagi nazorat postlarini, «propiska”, degan narsani yoʻq qildik. Kelgusida bunday toʻsiqlarni tizimli hal etish uchun har bir Oʻzbekiston fuqarosi mamlakat boʻylab erkin harakatlanish, turar yoki yashash joyini erkin tanlash huquqiga ega boʻlishi shart. Har bir fuqaroga mamlakatdan toʻsiqlarsiz chiqish va qaytish huquqi kafolatlanishi lozim, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari ushbu muhim normalarni Konstitutsiyada qatʼiy belgilab qoʻyishni taklif etdi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q