Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan uchrashuvi chogʻida ayrim fuqarolar tomonidan bosh qomusimizga oʻlim jazosini tiklash, uni jinoyat qonunchiligiga qayta kiritish haqida takliflar ilgari surilayotganini taʼkidladi.
“Tarixiy tajriba shuni koʻrsatadiki, insonning qadr-qimmati avvalo uning tabiiy yashash huquqida namoyon boʻladi. Bu – eng ulugʻ va muqaddas qadriyatlarimizdan biridir. Maʼlumki, biz oʻlim jazosi tayinlanadigan jinoyatlar sonini bosqichma-bosqich kamaytirib, bu jazoni toʻliq bekor qildik. Shunga qaramay, ayrim fuqarolar tomonidan oʻlim jazosini tiklash, uni jinoyat qonunchiligiga qayta kiritish haqida takliflar ham ilgari surilmoqda. Vaholanki, demokratik va insonparvar gʻoyalarni oliy qadriyat darajasiga koʻtargan dunyodagi aksariyat davlatlarda oʻlim jazosi bekor qilingan. Chunki yashash huquqi – har bir insonning tabiiy huquqi boʻlib, unga bu huquqni davlat emas, Yaratganning oʻzi ato etgan”,degan davlat rahbari.
Shuningdeuk, Prezident Konstitutsiyamizga “Oʻzbekistonda oʻlim jazosi taqiqlanadi”, degan yana bir muhim normani kiritishni taklif qildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q