Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan uchrashuvi chogʻida bosh qomusni oʻzgartirishga nima sabab boʻlgani haqida gapirgan.
“Nima uchun aynan bugun konstitutsiyaviy islohotlar oʻtkazish zarurati tugʻilmoqda? Ayrim yurtdoshlarimiz, hatto baʼzi olimlarimiz ham Konstitutsiyamiz zamonaviy demokratik talablarga javob beradi-ku, unga oʻzgartirish kiritishga ehtiyoj bormi, degan savolni oʻrtaga qoʻymoqda. Insoniyat ilmiy-texnologik davrga qadam qoʻydi. Jahonda keskin transformatsiya jarayonlari va raqobat kuchaymoqda. Ertangi kunini oʻylagan xalqlar va davlatlar oʻz kelajagi haqida bugun har qachongidan ham jiddiy bosh qotirmoqda”, degan davlat rahbari.
Uning aytishicha, hozirgi tahlikali zamon, yon-atrofdagi murakkab vaziyat ona Vatan taqdiriga yanada ulkan masʼuliyat bilan yondashib, kechiktirib boʻlmaydigan strategik qarorlar qabul qilishni taqozo etmoqda.
“Barcha fuqarolarimiz kabi men ham bu muhim jarayonlarni diqqat bilan kuzatib boryapman. Aholimiz, jamoatchiligimiz vakillarining konstitutsiyaviy islohotlarga befarq boʻlmasdan, oʻz taklif va mulohazalari bilan faol qatnashayotgani barchamizni quvontiradi. Albatta, konstitutsiyaviy islohotlarimiz Vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun gʻoyat muhim ahamiyatga ega boʻlgan masaladir. Shu bois, bugun siz, hurmatli komissiya aʼzolari bilan bevosita uchrashib, fikr almashishni zarur, deb hisobladim”, degan prezident.
Maʼlumotga koʻra, komissiyaga fuqarolardan 48 ming 492 ta taklif kelib tushgan. Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan tayyorlangan takliflar chuqur muhokamadan oʻtkazilgan va hozir Qonunchilik palatasiga kiritish bosqichida.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q