Jamiyat
Sport
Futbol boʻyicha 2026-yilgi jahon chempionati oʻyinlariga mezbonlik qiladigan shaharlar nomi eʼlon qilindi.
Jahon chempionati birinchi marta uch davlatda — AQSH, Meksika va Kanadada oʻtkaziladi.
AQSHda jahon chempionati oʻyinlariga Kanzas Siti, Xyuston, Atlanta, Dallas, Sietl, San-Fransisko, Los-Anjeles, Boston, Filadelfiya, Mayami va Sharqiy Ruterford (Nyu-Jersi shtati) mezbonlik qiladi.
Chempionat oʻyinlari shuningdek, Meksikaning Mexiko, Monterrey va Gvadalaxara shaharlarida boʻlib oʻtadi. Kanadada jahon chempionati oʻyinlariga Vankuver va Toronto mezbonlik qiladi.
Final oʻyini oʻtkaziladigan shahar nomi keyinroq maʼlum qilinadi.
Aytish lozimki, 2026-yilgi jahon chempionatida ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etadi.
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
109803
Jamiyat
94174
Jamiyat
89992
Jamiyat
73186
Jamiyat
//
Izoh yo‘q