Xorijga chiqish biometrik pasportini YAIDXP va DXM orqali berish toʻliq joriy qilinadi

Saqlash
01:44 / 18.06.2022 897 0

“Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga xorijga chiqish biometrik pasportini berishga doir davlat xizmati koʻrsatish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi

 

Qarorga koʻra, Oʻzbekistonning chet davlatlardagi konsullik muassasasida konsullik roʻyxatida turuvchi Oʻzbekiston fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirishga oid davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun biometrik pasportni rasmiylashtirish va berish tizimi quyidagi axborot tizimlariga integratsiya qilinadi:

 

“FHDYOning yagona elektron arxivi” axborot tizimiga – nikoh va oila aʼzolari, vafot etganlik, yolgʻiz ona yoki yolgʻiz ota haqidagi maʼlumotlarni olish uchun;

 

“Notarius” axborot tizimiga – vasiylar va ota-onalarning roziligini, hamrohlik qiluvchi shaxsning majburiyatini tekshirish uchun;

 

“Tezkor maʼlumotlar” axborot tizimiga – sudlanganlik, maʼmuriy nazoratda turganlik, shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan va shartli hukm qoʻllanilganlik, jinoyat ishi qoʻzgʻatilganlik holatlarini tekshirish uchun;

 

“Manzil” axborot tizimiga – ota-onadan birining Oʻzbekiston hududidagi doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxati xorijga doimiy yashashga ketganligi munosabati bilan bekor qilinganligini tekshirish uchun;

 

“Yagona milliy mehnat tizimi” axborot tizimiga – oxirgi 5 yilda ishlagan joyi haqidagi maʼlumotlarni olish uchun;

 

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga – ushbu axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslar toifasiga aniqlik kiritish uchun;

 

“TIEK” axborot tizimiga – I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar toifasiga aniqlik kiritish uchun.

 

2022-yil 1-avgustgacha davlat xizmati YAIDXP (https://my.gov.uz/uz) va Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatililishi amaliyotga toʻliq joriy qilinadi.

 

YAIDXPda davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlar koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibi joriy etiladi.

 

Shuningdek, davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun toʻlangan davlat boji summasi hisobini yurituvchi yagona billing tizimi orqali elektron toʻlanishi imkoniyati yaratiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//