“Fidoyi yoshlar yetakchisi” respublika ko‘rik-tanlovining dastlabki bosqichi davom etmoqda

Saqlash
15:06 / 16.06.2022 801 0

Avval xabar berganimizdek, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federasiyasi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi bilan hamkorlikda mahallalardagi yoshlar yetakchilari o‘rtasida “Fidoyi yoshlar yetakchisi” respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi.

 

Ayni paytda viloyatlar tuman (shahar)larida tanlovning 1-bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. 

 

Jumladan, Namangan viloyati Pop tumanida respublika ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi. Tanlov yakuniga ko‘ra, “Yangiobod” MFY yoshlar yetakchisi Nilufar Musurmonqulova faxrli 1-o‘rinni, “Boyon” MFY yoshlar yetakchisi Axliddin Komilov 2-o‘rinni, “Chortoq” va “Yuksalish” MFYlari yoshlar yetakchilari Dabonova Ziyoda va Mamajonov Boburjonlar faxrli 3-o‘rinni egallashdi.

 

 

Xorazm viloyati Yangibozor tumanida bo‘lib o‘tgan tanlov haqiqiy bahs-munozaralarga boy, qizg‘in tarzda o‘tkazildi.  Tanlovda tuman Ma’naviyat va ma’rifat kengashi raisi, tuman hokimi O‘.Qurbanov ishtirok etdi.  “Pahlavon Mahmud” MFY yoshlar yetakchisi Karimov Doniyor faxrli 1-o‘rinni egallab, tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. 

 

 

Farg‘ona viloyati Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlarida bo‘lib o‘tgan tanlov jarayonida yoshlar yetakchilari o‘zlarining ma’naviy saviyasi va bilimini, faoliyati davomida erishgan natijalari, mahalla yoshlari o‘rtasida amalga oshiriladigan loyihalari va o‘z iqtidorlarini  namoyish etishdi. “Yovqochar” MFY yoshlar yetakchisi Ilhomjon Ibrohimov  1-o‘rinni egallab,  tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

 

 

Ko‘rik tanlov barcha tuman (shahar)larda tanlovi nizomiga asosan to‘rtta shart asosida o‘tkazildi. Gʻoliblar esdalik sovg‘alari va diplom bilan taqdirlandi. Tanlovning 2-bosqichi iyul oyida bo‘lib o‘tadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish