Olimlar: "Shamollagan odam bir vaqtning o‘zida koronavirus bilan ham kasallanmaydi, ammo..."

Saqlash
20:25 / 22.09.2021 1048 0

Rossiya Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi, professor Petr Chumakov ORVI (shamollash) kasalligiga chalingan bemorlar koronavirus bilan kasallanmasligini aytdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kasal odam bir vaqtning o‘zida boshqa virusni yuqtira olmaydi. Bunga tanada interferon ishlab chiqarilayotgani sabab bo‘ladi.

«Albatta, odam shamollash kasalligi bilan bir vaqtning o‘zida koronavirus bilan ham kasallanmaydi», — degan olim.

«Interferon — tanani ikkilamchi infeksiyadan himoya qiluvchi oqsil», — degan Chumakov qo‘shimcha qilib. Shu bilan birga, kasallikdan sog‘aygach, koronavirus bilan kasallanish xavfi borligini ta’kidlagan. Olim birinchi infeksiya tufayli tana zaiflashishini, shuning uchun koronavirus yanada og‘ir kechishi mumkinligini qayd etgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//