Sport
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Iroq va Oʻzbekiston yoshlari oʻrtasidagi uchrashuvda tartibsizlik kelib chiqqani uchun 50 ming dollar jarimaga tortildi.
Toshkentda 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasida Osiyo chempionati bahslari davom etmoqda. Chorakfinal doirasidagi Iroq hamda Oʻzbekiston yoshlari oʻrtasidagi oʻyinda oʻzbekistonlik muxlislar Abduvohid Neʼmatovga qizil kartochka koʻrsatilgach, maydonga tosh va boshqa buyumlar uloqtirgandi. Oqibatda bir nafar mahalliy va bir nafar mehmon fotomuxbir jarohat olgan. OFK ushbu holat boʻyicha tartib intizom qoʻmitasi qarorini eʼlon qildi.
OFK rasmiy saytida yozilishicha, Oʻzbekiston olimpiya jamoasi ishtirokidagi bitta oʻyin mahalliy tomoshabinlarsiz oʻtkaziladi. Yaʼni, Osiyo kubogi U23 yarimfinali doirasidagi Oʻzbekiston – Yaponiya bahsiga oʻzbekistonlik tomoshabinlar kiritilmaydi. Yaponiyalik 500 nafar muxlis esa stadionga kirishi mumkin boʻladi.
Shuningdek, Oʻzbekiston – Iroq uchrashuvida stadionda xavfsizlik yetarlicha taʼminlanmagani va OFK talablari bajarilmagani sabab OʻFA 50 ming AQSH dollari miqdorida jarimaga tortiladi. Abduvohid Neʼmatov esa 3 oʻyinga diskvalifikatsiya qilinib, 500 dollar jarima toʻlaydi.
Osiyo kubogi U23 yarimfinali doirasidagi Oʻzbekiston – Yaponiya uchrashuvi, 15-iyun kuni soat 21:00da “Bunyodkor” stadionida boshlanadi.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q