Jamiyat
22 sentabr – Xalqaro avtomobilsiz kuni hisoblanadi. Shu munosabat bilan dunyo bo‘yicha avtomobil va mototsikl haydovchilariga kun davomida shaxsiy mashina va boshqa transport vositalaridan foydalanmaslik tavsiya etiladi.
Yurtimizda ham hukumat qarori bilan 2021-yildan boshlab 22-sentabr “Avtomobilsiz kun” sifatida e’lon qilingan. Bosh vazir o‘rinbosari – turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov barcha rahbar va xodimlar o‘z ixtiyorlariga ko‘ra ishga avtomobilda kelishdan voz kechish, piyoda yoki velosipedda yurish, sog‘lom turmush tarzi va ekogologiyaga qo‘shgan hissalarini ijtimoiy tarmoqlarda #carfreeday_uzbekistan, #shaxsiynamunakursat, #avtomobilsizbirkun xeshteglari ostida targ‘ib qilishga chorlamoqda.
Bundan tashqari, shahar hokimligi tashabbusi bilan poytaxtimizda "Tungi velosayr" festivali o‘tkaziladi. Sayr 22-sentabr kuni soat 20:00 da Toshkentdagi Mahtumquli va Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari kesishmasidan boshlanib, "Yangi O‘zbekiston" bog‘igacha davom etadi. Ushbu tadbirda barcha velosport ishqibozlari – professionallar va havaskorlar ishtirok etishlari mumkin.
Sana munosabati bilan Turizm va sport vazirligi “Xalqaro avtomobilsiz kun” tanlovi ham e’lon qilgan. Tanlovda ommaviy axborot vositalari, blogerlar hamda barcha fuqarolar ishtirok etishi mumkin. Avtomobilsiz kun aksiyasida ishtirok etib, uning doirasida olingan surat va videolarni yuqoridagi xeshteglardan foydalangan holda ijtimoiy tarmoqlar (Instgram, Facebook, Twitter, Tik-Tok, Telegram)da joylagan hamda eng ko‘p ko‘rilgan postlar egalari velosiped va sport ekipirovkalarini qo‘lga kiritadi.
Shu bilan birga, avtomobilsiz kun aksiyasini eng faol targ‘ib qilgan 5 nafar ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar velosiped bilan mukofotlanadi.
Gʻoliblarga mukofotlar 27-sentabr – Butunjahon turizm kuni Bosh vazir o‘rinbosari – Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov tomonidan tantanali ravishda topshiriladi.
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q