Kurash bo‘yicha yil yakuniga qadar 3 ta muhim seminar bo‘lib o‘tadi

Saqlash
12:09 / 22.09.2021 939 1

Xalqaro Kurash institutining navbatdagi ishchi yig‘ilishida ana shu masalalar muhokama qilindi.

Xalqaro Kurash instituti kurash mutaxassislariga bo‘lgan talablarni inobatga olgan holda milliy federasiyalarda faoliyat yuritib kelayotgan murabbiy va hakamlarning malakasini oshirish, o‘qitish va qayta tayyorlash bo‘yicha tadbirlar Dasturini ishlab chiqqan.


Mazkur Dastur asosida joriy yilning o‘zida 2 marotaba onlayn bir marotaba Toshkent shahrida xalqaro murabbiylik seminari yuqori darajada tashkil etildi.

Shuningdek, institut ilmiy bo‘limi mutaxassislari tomonidan Kurash nazariyasi va metodikasi bo‘yicha ilmiy izlanishlar ham muntazzam davom ettirilmoqda.
O.Hayitov, A.Abdulahatov va F.Axmedovlar tomonidan “Kurash elektron qo‘llanmasi” va “Kurash tarixi va falsafasi”, “Kurash history, theory and methodics” nomli o‘quv darsliklari tayyorlanib nashr etildi.

“Kurash orqali talabalarga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirishning pedagogik asoslari” o‘quv darsligi tayyor bo‘lish arafasida.
Institut yig‘ilishida mazkur qo‘llanmalar alohida tartibda muhokama qilindi. Qo‘shimcha ma’lumotlar bilan yanada boyitish, milliy federasiyalarga yetkazish masalalari bo‘yicha takliflar kiritildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-noyabrdagi “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4881- sonli qarori hamda Xalqaro Kurash institutining tadbirlar Dasturiga asosan joriy yil yakuniga qadar o‘tkazilishi lozim bo‘lgan o‘quv seminarlari bo‘yicha ham ma’lumot berildi.


Unga ko‘ra joriy yil oktyabr oyida O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport Universiteti bilan hamkorlikda barcha milliy federasiyalar uchun Zoom platformasida onlayn seminar o‘tkaziladi. Noyabr oyida Dominikan Respublikasida institut mutaxassislari ishtirokida Panamerika Kurash Konfederasiyasiga a’zo davlatlar kurash murabbiylari uchun xalqaro seminar bo‘lib o‘tadi.

Dekabr oyida Kurash vatani O‘zbekistonda hakamlik va ITO sertifikati uchun xalqaro o‘quv seminari va imtihon tashkil etish rejalashtirilgan.

1 Izoh

Sidney Olinto

06:01 / 01.01.1970

Good afternoon gentlemen from IKA My name is Sidney Olinto, responsible for the organization of the Brazilian confederation of Kurash, I would like to participate in your online courses, thank you for your attention and I am together with Jaime Casanova a strong hug from Brazil

Izoh qoldirish