Afrikada 50 yilda ilk bor quruqlikda vulqon otilishi kuzatildi

Saqlash
10:09 / 22.09.2021 749 0

Dushanba kunidan Afrikaning shimoli-g‘arbidagi Kanar orollarida tinimsiz vulqon otilishi kuzatilmoqda. Ulkan lava oqimlari dengizga borib quyilishi natijasida hozircha qurbonlar kuzatilmadi va ko’plab mahalliy aholi evokuatsiya qilindi.

Lava tepalikdagi 100 dan ortiq uyni vayron qildi, deyiladi France24 nashri xabarlarida. Olimlar so'nggi kunlarda minglab kichik zilzilalar natijasida yuzaga kelgan Kanar va Palma orolidagi o‘zgarishlarni kuzatib borishgan va mahalliy aholining ma’lum qismini zudlik bilan evakuatsiya qilgan.

50 yildan keyin Kanar orollarida birinchi marta quruqlikda vulqon otildi. Oqibatda rasmiylar mahalliy yashovchilar va turistlarning qolgan qismini ham evakuatsiya qilishga kirishdi.

El Paso shahri hokimi Serhio Rodrigesning OAVga bergan intervyusida orolda yashovchi 80 ming kishidan 6 mingga yaqini vulqon otilishi sabab o‘z uylarini tashlab ketishga majbur bo‘lgani, ular hozirda xavfsiz joyga ko'chirilganini ma‘lum qilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish