Jahon
Agar COVID-19 dan tuzalgan odam koronavirusga qarshi vaksina olsa, unda infeksiyaning yangi shtammlariga qarshi yanada samaraliroq bo‘lgan antitanalar ishlab chiqilishi mumkin. Bu haqda AQSHning Rokfeller universiteti olimlari tadqiqotiga tayanib, The Telegraph gazetasi yozdi.
Tadqiqot mualliflarining izohiga ko‘ra, Pfizer yoki Moderna vaksinasining ikki dozasi COVID-19 dan tuzalgan organizmni katta miqdordagi “moslashuvchan” antitanalar ishlab chiqarishga undaydi. Bunday immunitetni mutaxassislar “aqlbovar qilmas” yoki “gibrid” deb ataydi.
Bunday bemorlarda aniqlangan antitanalar koronavirusning oltita mutasiyasiga, shu jumladan delta va beta variantlarga qarshi samaradorlik ko‘rsatgan. Ular shuningdek, laboratoriyada maxsus yaratilgan va bir vaqtning o‘zida bir nechta shtammlarni birlashtirgan mutatsiyaga dosh bera olgan.
Ayrim mamlakatlarda hukumat kasallikdan tuzalganlarga bitta doza bilan emlanishni tavsiya qilmoqda. Yevropa Kasalliklarni oldini olish va nazorat qilish markaziga ko‘ra, Yevropa Ittifoqining to‘qqiz mamlakati COVID-19 bilan kasallanganlarga bitta ineksiya bilan cheklanishni tavsiya qilmoqda, bunday yondashuv, xususan, Fransiya, Italiya va Germaniya tomonidan taklif qilingan.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q