Ilm-fan
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22-maydagi 304-son qaroriga muvofiq tasarrufida oliy ta’lim muassasa yoki ilmiy tashkilotlari bo‘lgan jami 39 ta vazirliklar, idoralar va tashkilotlardan 2022-yil uchun stajyor-tadqiqotchilikka, tayanch doktorantura, doktorantura va maqsadli doktoranturaga qabul kvotasi bo‘yicha buyurtmalar qabul qilindi.
2022-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga qabul kvotalari 2 baravarga oshirilib, 3600 taga yetkazildi. 2021-yilda oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga qabul kvotalari 1800 ta bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-fevraldagi PQ-4996-sonli qarori ijrosi yuzasidan Sun’iy intellekt sohasida tayanch doktorantura va stajyor-tadqiqotchilikka jami 28 ta maqsadli kvotalar ajratildi.
Jumladan, tayanch doktoranturaga 14 ta, stajyor-tadqiqotchilikka 14 ta, shundan, Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt ixtisosligi bo‘yicha 4 ta tayanch doktoranturaga, 6 ta stajyor-tadqiqotchilikka maqsadli kvotalar ajratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2021-yil 1-2 iyun kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan 30-sonli yig‘ilish bayoni 107-bandidagi Surxondaryo viloyatida joylashgan oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirish uchun respublikaning yetakchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot institutlarida 2022-yilda maqsadli doktoranturaga 50 ta kvotalar ajratish topshirig‘i ijrosi yuzasidan jami 67 ta maqsadli doktoranturaga qabul kvota ajratildi.
Shundan:
-Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga – 45 ta;
-Sog‘liqni saqlash vazirligiga – 10 ta;
-Qurilish vazirligi va “O‘zkimyosanoat” AJ – 4 tadan;
-Transport vazirligiga – 2 ta;
-Qishloq xo‘jaligi vazirligiga va Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy va ta’lim tashkilotlarga – 1 tadan maqsadli doktoranturaga qabul kvotasi ajratildi.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi Mahalla va oila ilmiy-tadqiqot instituti hamda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markaziga birinchi marta doktoranturaga qabul kvotalari ajratildi.
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Siyosat
Sport
Madaniyat
111699
Jamiyat
94652
Jamiyat
90642
Jamiyat
75192
Jamiyat
//
Izoh yo‘q