Ilm-fan
AQSHning Kornel universiteti, Fransiyaning Insead biznes maktabi va Butunjahon intellektual mulk tashkiloti Global innovatsion indeks reytingini e’lon qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Yurtimiz Global innovatsion indeks reytingida 132 davlat orasida 86-o‘rinni egalladi. O‘zbekiston 2020-yilda 93-o‘rin, 2015-yilda esa 122- o‘rinlarni egallagan edi.
Mazkur indeks ikki subindeks ko‘rsatkichlarining o‘rtacha qiymatidan kelib chiqib hisoblanadi. Birinchi subindeksga innovatsiyalarni joriy etish uchun mavjud resurslar va sharoitlar – institutlar, inson kapitali va tadqiqotlar, infratuzilma, ichki bozor va biznesning rivojlanish darajasi kiradi. Ikkinchi subindeks esa innovatsiyalarni joriy etishda erishilgan amaliy natijalar – texnologiyalar va bilimlar iqtisodiyotining rivojlanishi hamda ijodiy faoliyat natijalarini o‘z ichiga oladi.
Reytingga ko‘ra, O‘zbekistonning dunyo miqyosida kuchli indikatorlari quyidagilar:
“Ilm-fan va muhandislik sohasida bitiruvchilar soni” - 7-o‘rin,
“Biznesni yo‘lga qo‘yishning soddaligi” - 8-o‘rin,
“Mehnat unumdorligi” - 8-o‘rin,
“Kapitalni yalpi tarzda to‘plash” - 7-o‘rin,
“Ta’lim uchun davlat xarajatlari” - 28-o‘rin.
Global innovasion indeks reytingida Shveysariya 1-o‘rinni egallagan.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q