Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Jalaquduq tumanidagi markaziy shifoxonada ta’mirtalab binoga “Ma’naviyat va ma’rifat xonasi” deb yozib qo‘yilgani haqida xabar tarqaldi.
Ushbu masalani Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Andijon viloyati bo‘lim rahbari Murod Gʻafurov joyiga borib o‘rgandi. Ma’lum bo‘lishicha, rasmdagi eski binoda hozir hisobxona vaqtincha faoliyat yuritmoqda.

Ma’naviyat va ma’rifat xonasi esa poliklinikaning ikkinchi qavatida tashkil qilingan.

Prezidentning PQ-4986 qaroriga asosan shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi binosini rekonstruksiya qilish, suratdagi eski bino joyiga 30 o‘rinli jarrohlik bo‘limi bunyod etish rejalashtirilgan. Hozirda qurilish ishlari olib borilmoqda.

Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Madaniyat
109709
Jamiyat
94093
Jamiyat
89877
Jamiyat
73063
Jamiyat
//
Izoh yo‘q