Endi faqat 2 toifadagi talabalarga oʻqishni koʻchirishga ruxsat beriladi — Abduqodir Toshqulov

Saqlash
20:39 / 07.06.2022 1123 5

Endi oʻqishni koʻchirishga faqat 2 toifadagi talabalarga ruxsat beriladi. Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov Qonunchilik palatasining 7-iyundagi yalpi majlisida maʼlum qildi.

 

“Oʻqishni koʻchirish bilan bogʻliq muammolar bor edi. Biz bu yil ruxsat oldik, koʻchirish masalasi endi ikkita shart bilan boʻladi. Faqat turmush qursa va davlat xizmatchisi boshqa ish joyiga oʻtsa vazirning xati bilan [ruxsat beriladi]. Boshqa har qanday holatda akademik mobillikni qoʻllaymiz”, — dedi Abduqodir Toshqulov.

 

U shuningdek, koʻchirish bilan bogʻliq firibgarlik sodir etilishiga ham yoʻl ochib bermaslik muhim ekanligini taʼkidladi.

 

“Har qanday imkoniyat va imtiyoz «firibgarlar”ga imkoniyat qilib berayapti. Masalan oʻtgan yili 60 ming [talaba] oʻqishini koʻchirishga hujjat topshirgan. Tuproqshunoslikka topshirayapti, maqsadi biologiyada oʻqish. Talaba birinchi kursdan maqsadini belgilab olishi kerak. Undan oldin ota-ona, tashxis markazlari ishlashi kerak», — dedi u.

 

Uning soʻzlariga koʻra, shu kabi holatlarga barham beriladi.

 

“Koʻchirish oʻrniga akademik mobillik qoʻllaniladi. Ikkita rektor kelishadi, 50−100 ta talabani Qoraqalpogʻistondan Surxondaryo yoki Toshkentga yuboradi, [ular] bir yoki ikki semestr oʻqiydi… Men shu taʼlim tizimida yosh boʻlsam ham qariyb 25−30 yildan beri aralashib yurgan odam sifatida aytamanki, diplom bir joydan olinishi kerak. Dunyoda shunaqa”, — dedi vazir.

 

Uning aytishicha, joriy yilda 150 ming talaba oʻqishini koʻchirishi prognoz qilinayapti.

 

“Bu nima degani? 150 ming bu qariyb bir yillik kvota, ular koʻchirib oʻtkazishga ariza topshirayapti. Akademik mobillik esa dunyo tajribasi”, — dedi Abduqodir Toshqulov.

 

Akademik mobillik — bu oliy taʼlim muassasasi talabalarining muayyan vaqt mobaynida respublika hududidagi yoki chet eldagi boshqa bir oliy taʼlim muassasasiga oʻqish maqsadida borishi hisoblanadi.

5 Izohlar

Shohmalik

06:01 / 01.01.1970

Hech boʻlmaganda toifalarni koʻpaytirishingizni iltimos qilgan boʻlar edik.

Shohmalik

06:01 / 01.01.1970

Hozirda uydan Uzoqda oʻqiyotgan talabalar oilaviy sharoiti Toʻgʻri kelmay oʻqishini oʻz viloyatiga koʻchirmoqchi boʻlsa perevot qilib boʻlmaydi desa. oʻqishini tashlashga toʻgʻri keladimi.Yana bir talaba oʻz oʻqishini tashlab ketishga majbur boʻladimi .Bu Oʻzbekistonimiz kelajagi uchun ham zarari bor deb oʻylaymiz . Qonundi boshidan koʻrib chiqishingizni iltimos qilgan boʻlardik Prezidentimizdan.!!!!

Usmonov Sunnatilla

06:01 / 01.01.1970

Bu umuman bólyadiku oddiy aholini xam uylaylar keyingi yildan kuchga kirsin bu qonun ogohlantirilsin bir yil oldin dab durisdan bunaqa fikirla chiqaraverilmasdan, óylab kóringalar eltimos bu qaror ancha yoshlarni kelajagini sindirib qóyadi. Hech bólmasa uzini yónalishiga ruxsat berish kerakda.

Usmonov Sunnatilla

06:01 / 01.01.1970

Assalomu allaykim shaxsan uzim Qarshida óqiyaoman lekin Namangan viloyatidan man oilaviy sharoitim yaxshi emmas ota onam ishsiz uzim ham juddayam qiynalyap man óqishimni uzimni viloyatimga kóchirsam ham ota onamni qarmoĝida bólaman xam qullay, hozirgi kunda na yishimiz yaxshi, na kiyinishimiz manga óxshab qancha talabalar shunaqa bólib yuribdi. Eltimos bu qarorni yana kórib chiqishlarini sórayman, uzimizni viloyatmizga ruxsat beringlar.

Saodat

06:01 / 01.01.1970

Assalom alaykum.Perevot olishni oʻzini viloyatidagi yoʻnalishga qilsa yaxshi boʻlardi.Nega shuni qonunga kirgizmadizlar

Izoh qoldirish

//