Ilm-fan
Bugun Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti tomonidan “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va targ‘ibotning zamonaviy texnologiyalari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.
Konferensiya O‘zbekistonda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish kabi qator dolzarb yo‘nalishlardagi ilmiy muammolar tahliliga bag‘ishlandi.
Bugungi tashkil etilgan “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va targ‘ibotning zamonaviy texnologiyalari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiga 300 dan ortiq maqolalar kelib tushdi.
Ularning orasidan 136 ta eng mazmunli va tahliliy yozilgan maqolalar saralanib alohida to‘plam holida nashr etildi. Konferensiyada faol qatnashgan ishtirokchilar orasidan “Eng yaxshi mazmunli maqola”, “Eng yaxshi tahliliy maqola”, “Eng dolzarb mavzudagi maqola” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, sertifikat va 500 ming so‘m miqdordagi bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanishdi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112183
Jamiyat
94866
Jamiyat
90942
Jamiyat
75723
Jamiyat
//
Izoh yo‘q