Ilm-fan
“Xalq taʼlimi tizimida davlat xizmatlarini koʻrsatishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qaror bilan quyidagilar boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlari tasdiqlandi:
bolalarni davlat maktablariga qabul qilish hamda oʻquvchilarni bir maktabdan boshqasiga oʻtkazish;
chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar farzandlarini maktabga qabul qilish uchun arizalar olish;
eksteriat tartibida imtihonlar olish uchun arizalar qabul qilish;
umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi rasmiy davlat hujjatlari dublikatini berish.
Shunga koʻra, har yili 1-maygacha oʻquvchilarni 1-sinfga qabul qilish va bir maktab (sinf)dan boshqasiga oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatiladigan hududlar roʻyxati tasdiqlanadi va Xalq taʼlimi vazirligi rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
1-sinfga bolalar ular 7 yoshga toʻladigan yilda qabul qilinadi.
Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun ariza beruvchidan yigʻim undirilmaydi.
Ariza beruvchi mikrohudud boʻyicha maktabga qabul qilish uchun har yili 20-iyundan 31-iyulgacha YAIDXP (https://my.gov.uz/uz) yoki Xalq taʼlimi vazirligining elektron xizmatlar portalida roʻyxatdan oʻtadi.
Ariza beruvchining yashash manzili boʻyicha maktabda tanlagan taʼlim olish tilidagi sinf boʻlmagan taqdirda, yaqin hududda joylashgan boshqa maktab mikrohudud sifatida biriktiriladi.
Soʻrovnoma toʻldiriladi hamda hududiy xalq taʼlimi boshqarmasi tomonidan 3 ish kunida koʻrib chiqilib, mikrohudud boʻyicha maktabga yuboriladi yoki sababi koʻrsatilgan holda qaytariladi. Bu haqda ariza beruvchilarga xabar yuboriladi.
Ariza beruvchi farzandi bilan birgalikda mikrohudud boʻyicha yuborilgan maktabga onlayn navbat asosida boradi va bolaning sogʻligʻi toʻgʻrisidagi tibbiy maʼlumotnomani maktabga taqdim etadi.
Maktab qabul komissiyasi tomonidan 1 ish kunida bolani maktabga olish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Quyidagi hollarda qabul komissiyasi bolani maktabga qabul qilishni rad etishi mumkin:
– tibbiy maʼlumotnomada maktabda taʼlim olish tavsiya etilmagan boʻlsa;
– tanlangan tilda bola boshlangʻich soʻzlashuv koʻnikmasiga ega boʻlmasa;
– soʻrovnomadagi maʼlumotlar notoʻgʻriligi aniqlansa.
Mikrohududdan tashqaridan bolalar maktabga har yili 1–15-avgust kunlari qabul qilinadi.
Mazkur tartib Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi maktablarga nisbatan qoʻllaniladi.
Jamiyat
Ilm-fan
Madaniyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q