Sport
31-may kuni Toshkent shahridagi “Autograph” sanʼat galereyasida shaxmat boʻyicha blits turnir oʻtkazildi. Ushbu sport tadbiri Artel kompaniyasi tomonidan “Sky Chess” shaxmat maktabi bilan birgalikda tashkil etildi.
Turnir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq yurtimizda yangi avlod vakillari orasidagi aql-zakovat egalari intellektini yanada rivojlantirish uchun muhit yaratish maqsadida tashkil etilgan.
Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bagʻishlab oʻtkazilgan mazkur ochiq turnirda 14 yoshgacha boʻlgan 60 nafardan ortiq blits shaxmat oʻynash tajribasiga ega boʻlgan bolalar ishtirok etdi.
Shveysariya tizimi boʻyicha yosh sportchilar oʻrtasidagi musobaqa 7 turdan iborat boʻldi. Tadbirni yoritayotgan OAV vakillari ham oʻz mahoratini sinab koʻrish uchun shaxmat oʻynashga taklif qilindi.
Intellektual bahs yakunida shaxmat boʻyicha turnir gʻoliblari — Muhammadzohid Suyarov, Akbarali Abduhakimov, Almas Sanetullayev va Asadbek Obidov, Feruzbek Sobirov, Sultonbek Nurullayev kabi ikki kategoriya gʻoliblariga korxonaning sovgʻalari topshirildi. Bundan tashqari, Artel Oʻzbekistondan ikki nafar umidli yosh shaxmatchini qoʻllab-quvvatlaydi va Qozogʻistonda boʻlib oʻtadigan xalqaro turnirda ishtirok etishini moliyalashtiradi.
Eslatib oʻtamiz: oʻtgan yili korxona tomonidan shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasida “Nilufar” ochiq turniri tashkil etilgandi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q