Ilm-fan
O‘zida o‘quv materiallarini jamlagan eng yirik va bepul kataloglardan biri iTunes-U`dan millionlab o‘quvchi va o‘qituvchilar foydalanadi. Gap shundaki, asli o‘zbekistonlik, AQShda yashovchi bola Gʻiyos Umarov ushbu dasturning xatosini aniqladi: yomon niyatli kimsalar sizning shaxsiy ma’lumotlaringizga ega bo‘lishi yoki ta’lim jarayoniga halal berishi mumkin.
Gʻiyos Apple kompaniyasiga bu xatolik xususida dasturchilar tilida kodlar orqali xabar qildi. Aytish kerakki, bola mustaqil tarzda dasturlashni o‘rgangan, hech qanday kurslarga qatnamagan.
Apple esa o‘z navbatida Gʻiyosga ilovaning so‘nggi versiyasida minnatdorlik bildirdi. Bolaning onasi gubernatorning shaxsan o‘zidan rahmatnoma kelganini aytib o‘tdi. Bu Gʻiyos Umarovning ilk yutug‘i emas. O‘tgan yili u QR-kod orqali smartfonga istalgan kishi kira olishi mumkinligi haqdagi kamchilikni aniqlagan edi.
Hozirda u Nyu Jersidagi Xolmdel o‘rta maktabining texnolog-talabalar uyushmasining a’zosidir.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q