Jamiyat
O‘zbekistonda 1 353 ta yangi turdagi yo‘lovchi tashish transporti sotib olinadi. Ulardan 900 ta elektrobus bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda "Toshshahartransxizmat" AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari Anvar Jo‘rayev O‘zbekistonda Yevropa harakatlanish haftasi-2021 ochilish marosimida ma’lum qildi.
Yevropa harakatlanish haftasi 16-22 sentyabr kunlari Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasi, Transport vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, “Toshshahartransxizmat” AJ, “Tashkent Runners” yugurish klubi va O‘zbekiston velosipedchilar hamjamiyati bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda. Bu haqda Qalampir.uz nashri xabar qilmoqda.
Ochilish marosimida so‘zga chiqqan Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian pandemiya davridagi qiyinchiliklar, havoni ifloslantirmaydigan transport vositalarini joriy qilish kabi masalalarni so‘zlab o‘tdi.
Shuningdek, ko‘rgazmada o‘zbekistonlik dizayner va rassomlar tomonidan xavfsizlik, sog‘lomlik va o‘z shahrini g‘amxo‘rlik kabi g‘oyalarni aks ettiruvchi velosipedlar taqdim etildi.
Siyosat
Iqtisod
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
113294
Jamiyat
96018
Jamiyat
93310
Jamiyat
77293
Jamiyat
//
Izoh yo‘q