Jamiyat
2022-yil 1-avgustdan boshlab, byudjetdan tashqari Moliya vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan 5 ta shtat birligidan iborat Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi tashkil etilishi haqida xabar bergandik.
Belgilanishicha, jamgʻarma mablagʻlari hisobidan:
birinchi bosqichda, 2022-yil 1-sentyabrdan boshlab byudjet tashkilotlaridan tashqari barcha yuridik shaxslarda oxirgi 6 oy davomida uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan ayollarga har oy uchun minimal isteʼmol xarajatlari miqdoridan kelib chiqqan holda Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan homiladorlik va tugʻish nafaqasi toʻlanadi. Bunda, ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish nafaqasining uning mehnat staji va ish haqidan kelib chiqib belgilangan miqdorining qolgan qismini toʻlash ish beruvchilar hisobidan amalga oshiriladi;
ikkinchi bosqichda, 2024-yildan boshlab xoʻjalik korxonalarida rasmiy ishlovchi ayollarga umumiy ish staji va sugʻurtalangan staji hamda oʻrtacha ish haqi miqdoridan kelib chiqib, homiladorlik va tugʻish nafaqasini toʻlash va bu orqali ushbu xarajatlar ish beruvchi zimmasidan toʻliq olinadi;
uchinchi bosqichda, 2025-2030-yillarda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi, ishsiz qolish nafaqasi, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklari oqibatidagi sugʻurta toʻlovlari amalga oshiriladi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q