Sport
27-may kuni Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi oʻtkazildi. Unda federatsiyaga yangi rahbar saylash kun tartibidagi asosiy masala boʻldi.
Yigʻilishda dastlab shu davrgacha Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi raisi lavozimida ishlab kelgan Rustam Shoabdurahmonovning oʻz xohishiga koʻra yozgan arizasi koʻrib chiqildi va delegatlar tomonidan qabul qilindi.
Shundan soʻng yigʻilish kun tartibidagi asosiy masalaga oʻtildi. Unda “Kapitalbank” ATB boshqaruvi raisi Maqsud Abduvaliyevich Abdusamatovning nomzodi Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi raisi lavozimiga taklif etildi va konferensiya ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan maʼqullandi. Shu tariqa Maqsud Abdusamatov Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi raisi etib saylandi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jahon
Sport
Jamiyat
Siyosat
110797
Jamiyat
94454
Jamiyat
90374
Jamiyat
74270
Jamiyat
//
Izoh yo‘q