Ilm-fan
Xabaringiz bor, 2022-yil 16-fevralda Vazirlar Mahkamasining “Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” 73-sonli qarori qabul qilingan edi.
Qarorga ko‘ra, talabgorlar uchun bir qator imtiyozlar berilgan, jumladan:
Test sinovlarini e’lon qilish muddati 3 haftadan 1 haftagacha qisqartirildi;
Talabgorlarga imtihon kunini mustaqil tanlash imkoni taqdim etildi;
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan va I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga belgilangan to‘lovning 50 foizi miqdorida chegirma berildi.
Hozirda iyun oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish davom etmoqda.
Mazkur test sinovlarida talabgorlarning yozma ishlarini tekshirish va gapirish ko‘nikmalarini baholash uchun 14 ta til bo‘yicha 200 dan ziyod ekspertlar jalb etilmoqda.
Jamiyat
Ilm-fan
Madaniyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q