Miqdori 100 000 yevro boʻlgan Dublin mukofoti gʻolibi aniqlandi

Saqlash
02:09 / 25.05.2022 890 0

Bu yilgi Dublin adabiy mukofoti nemis adibasi, “The art of losing” (“Yoʻqotmoq sanʼati”) romani muallifi Elis Zeniter (Alice Zeniter) va uning irlandiyalik tarjimoni Frenk Uaynga (Frank Wynne) topshirildi. “Yoʻqotmoq sanʼati” Dublinga loyiq koʻrilgan oʻninchi tarjima asar hisoblanadi.

 

Maʼlumot uchun, Dublin YUNESKOning dunyo adabiyoti shaharlari roʻyxatiga kirgan 39 shaharning biridir. Dublin xalqaro adabiyot mukofotini 1996-yili Dublin shahar kengashi va Amerikaning IMPAK sarmoya jamgʻarmasi taʼsis etgan. Miqdori 100 000 yevro boʻlgan ushbu mukofot har yili bitta nasriy asar uchun beriladi va u kitob albatta ingliz tilida boʻlishi kerak. Agar asliyat boshqa tilda boʻlib, keyinchalik ingliz tiliga tarjima qilingan boʻlsa, mukofotning 75 foizini muallif, 25 foizini tarjimon oladi. Shu bois, bu mukofotga istalgan mamlakatdagi istalgan tilda yozadigan yozuvchi erishishi mumkin.

 

Dunyoning 177 mamlakatidagi 400 dan ortiq jamoatchilik kutubxonalari biror yozuvchini bu mukofotga tavsiya eta oladi. Ammo bu kutubxonalar roʻyxatiga Oʻzbekistondagi birorta kutubxona kirmagan, sobiq ittifoq hududidan esa faqat Rossiya va Estoniyadagi kutubxonalari bor.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//