Oʻzbekistonda OTMlar soni yana bittaga ortdi

Saqlash
20:29 / 24.05.2022 835 0

Hukumat qarori bilan “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterida Farmatsevtika texnik universiteti tashkil etildi.

 

Universitet Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (Agentlik) muassisligida tashkil etilgan davlat oliy taʼlim muassasasi hisoblanib, uning faoliyati Agentlik tomonidan muvofiqlashtiriladi.

 

Universitetda taʼlim jarayoni Agentlik granti va toʻlov-kontrakt asosida 2022/2023 oʻquv yilidan boshlanadi.

 

Buyuk Britaniyaning De Montfort (De Montfort University) va Sanderlend (University of Sunderland) hamkor universitetlari bilan kelishgan holda:

 

➖ bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul qilish shartlari, taʼlim olish shakli va taʼlim tili aniqlanadi;

 

➖ oʻquv dasturlari davlat taʼlim standartlari talablariga muvofiqlashtiriladi;

 

➖ toʻlov-kontrakt qiymati va uni toʻlash muddatlari belgilanadi.

 

Shuningdek, Universitet bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasida oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan hamkor universitetlarning belgilangan namunadagi diplomi beriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//