Hujjatlariga yolgʻon aralashtirganlar barcha mukofotlarga qatnashishdan mahrum qilinishi mumkin

Saqlash
22:02 / 23.05.2022 850 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi Olimjon Oʻsarovning murojaati shov-shuvlarga sabab boʻldi. Unda “Mard oʻgʻlon” davlat mukofotiga hujjat topshirgan nomzodlarning hujjatlarini soxtalashtirgani, aslida mavjud boʻlmagan tanlovlarda gʻolib boʻlgan sifatida soxta maʼlumotlar tayyorlagani haqida qayd etilgan.

 

Yoshlar ishlari agentligi Olimjon Oʻsarov “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti hakamlari qatorida boʻlgan va agentlik hayʼat aʼzolari sifatida taklif etilgan ekspert fikrlarini toʻliq qoʻllab-quvvatlaydi. Bu haqida Matbuot xizmati rahbari Nodir Abduqodirovning maʼlum qildi.


 

Hozir Olimjon Oʻsarov videomurojaatida tilga olgan hujjat egalari chaqirtirilib, ular taqdim etgan maʼlumotlar qanchalik asosli ekani oʻrganib chiqilmoqda.

 

Bundan tashqari, agentlik tanlov va mukofotlarga hududlardan hujjat qabul qilish jarayonini takomillashtirish, hujjatlarni respublikaga kelgunga qadar mukammallashtirish yoʻllarini koʻrib chiqayotganini bildirdi.

 

«Agentlik kelgusida ekspertlarga uzoq yillik tajribaga ega mutaxassislarni jalb qilish orqali ekspertlar safini kengaytirish va hujjatlariga notoʻgʻri maʼlumot kiritgan yoshlarni alohida roʻyxat qilib, kelgusida barcha tanlov va mukofotlarga hujjat topshirishdan mahrum qilish kabi harakatlarni ilgari suradi», deydi Abduqodirov.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//