Siyosat
2022 yil 1 may sanasiga ko‘ra, O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari o‘tgan oygiga nisbatan 745 mln dollarga ortib, jami 35,9 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Bu Markaziy bank taqdim qilgan ma’lumotlarda aks etgan.
Unga ko‘ra, zaxiralarning valyuta qismi mart oyidagi keskin kamayishdan keyin yana barqarorlashgan va aprel oyi bilan solishtirganda o‘sish hajmi 332 mln dollarni tashkil qilgan. Valyuta zaxiralari hozirda 13,5 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.
Bundan tashqari, oltin zaxiralari ham ko‘paygan — oltin hajmining 345,24 kg ga (10,9 mln dan 11,1 mln unsiyagacha) ortgani sababli, ko‘payish qiymati 444 mln dollarni tashkil qilgan. Hozirda zaxiralarning oltin qismi 21,3 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.
Qayd etilishicha, ushbu zaxiralar mamlakatning yillik importidan (2021 yilda 25,5 mlrd dollarni tashkil etdi) sezilarli darajada ko‘proqdir. O‘z navbatida, xalqaro tashkilotlarning rivojlanayotgan mamlakatlar uchun tavsiyalariga ko‘ra, zaxiralar kamida 3 oylik importni qoplashi kerak.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q