Amir Temur haykali oldida mast holda tomosha koʻrsatgan shaxslarga hukm oʻqildi

Saqlash
22:05 / 20.05.2022 582 0

Amir Temur xiyobonida mast holatda nooʻrin xatti-harakatlar sodir etgan ikki fuqaroning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoyozuvi yuzasidan rasmiy maʼlumot berildi.

 

Qayd etilishicha, huquqbuzarlar: A. I. (1989-yil Toshkent viloyatida tugʻilgan) va S. M. (1991-yil Toshkent viloyatida tugʻilgan) 2022-yil 17-may kuni soat 23:20 lar atrofida Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur xiyobonida nooʻrin xatti-harakatlar sodir etgan.

 

Alkogolli ichimlik taʼsiridan mast holda boʻlgan bu ikki fuqaro jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi xatti-harakatlarda ifodalangan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, IIO xodimlari eʼtiborini tortgan. Natijada IIO xodimlari tomonidan shaxslariga aniqlik kiritish maqsadida ular IIB binosiga taklif etilgan. Biroq, jamoat tartibini buzayotgan bu ikki fuqaro IIO xodimlarini uyatli soʻzlar bilan haqoratlab, ularning qonuniy talablarini bajarishdan bosh tortgan.

 

Huquqbuzarlarga oid maʼmuriy ish hujjatlari jinoyat ishlari boʻyicha Yunusobod tuman sudining ish yurituviga 2022-yil 19-may kuni kelib tushgan. Shu kuni mazmunan koʻrilib, ularning har ikkisiga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) va 194-moddasi 1-qismi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan ushbu Kodeksning 34-moddasi tartibida 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish