Dam olish kunlari kuchli yomg‘ir yog‘ishi va shamol kuchayishi kutilmoqda

Saqlash
21:05 / 20.05.2022 490 0

Juma kuni respublika bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, kunduzi havo harorati +27…+32 darajagacha bo‘ladi, deb xabar berdi O‘zgidromet.

 

Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida va Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kechga yaqin konvektiv bulutlar rivojlanishida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin.

 

21 may, shanba kuni respublika hududlariga Kavkaz hududlaridan nam va nisbatan salqin havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

 

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va kechga tomon Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlarining ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq sodir bo‘lishi kutilmoqda. Respublikaning qolgan hududlarida harorat +27…+32 daraja, ob-havo esa bo‘ladi.

 

22 may, yakshanba kuni nam va nisbatan salqin havo massalari respublikaning barcha hududlariga tarqaladi. Ko‘pchilik viloyatlarda jala yomg‘irlar yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda kuchli bo‘ladi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi, Buxoro, Navoiy viloyatlarida esa ertalab yomg‘ir to‘xtaydi. Havo harorati kunduz kuni +18…+23 gacha pasayadi, bu me’yordan +4…+6 darajaga pastroq.

 

    20−22 mayda respublika bo‘yicha shamol 15−20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 21 mayda shimolda va cho‘l hududlarida, 22 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda 23−28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin, deya ogohlantirmoqda O‘zgidromet.

 

23 may, dushanba kuni respublikaning deyarli barcha hududlarida kam bulutli va quruq ob-havo kuzatiladi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

 

Kechasi va ertalab havo harorati sezilarli darajada pasayadi va +10…+13 daraja atrofida bo‘ladi, kunduz kuni esa quyosh nurlari havoni +23…+28 darajagacha isitadi.

 

20−23 mayda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish