Sport
FIFA World Cup Trophy Tour loyihasi doirasida Oʻzbekistonga ikkinchi bor Jahon kubogi sovrini olib kelinadi. Bu haqida OʻFA xabar berdi.
Qayd etilishicha, 21-noyabrdan 18-dekabrgacha oʻtkaziladigan futbol boʻyicha JCH — 2022 oldidan Oʻzbekiston ushbu kubok sayohat qiladigan dunyoning 51 mamlakatidan biri boʻladi. Kubok taqdimoti 6-iyun kuni boʻlib oʻtadi. Unda futbol boʻyicha jahon chempionlari — Kristian Karambyo va Karles Puyol ishtirok etishi kutilmoqda.
“FIFA Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan muxlislar uchun futbol boʻyicha Jahon kubogini koʻrish imkoniyatini taqdim etish borasidagi oʻzaro hamkorlikdan mamnun. OʻFA ushbu tadbirlar yuqori darajada oʻtkazilishi uchun bor imkoniyatini ishga soladi hamda FIFAga ishonch uchun minnatdorchilik bildiradi”, deyiladi xabarda.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q