Oʻzbekistonda muomaladagi naqd pul miqdori rekord darajada koʻpaydi

Saqlash
23:10 / 18.05.2022 918 0

Joriy yilning 1-may holatiga koʻra, Oʻzbekistonda muomaladagi naqd pul miqdori 33,1 trln soʻmga teng boʻldi. Bu haqida Markaziy bank maʼlum qildi.

 

Shu tariqa muomaladagi naqd pul miqdori oʻtgan oyga nisbatan 5,3 trln soʻmga koʻpayib, 2013-yildan beri rekord darajaga yetdi. Statistika aynan shu yildan boshlab keltirilgan.

 

Bundan avvalgi eng koʻp miqdor 2020-yilning avgustiga toʻgʻri keladi. Oʻshanda muomaladagi naqd pul miqdori 29,5 trln soʻmga yetgan edi.

 

Oʻtgan oyda faqatgina naqd pul emas, balki pul agregatlarining deyarli barcha komponentlari sezilarli darajada oʻsgan.

 

1-may holatiga koʻra, keng maʼnodagi pul massasi 12,5 trln soʻmga oshgan holda 145,2 trln soʻmni tashkil qildi. Milliy valyutadagi pul massasi esa 12,9 trln soʻmga koʻpayib, 101,3 trln soʻm boʻldi.

 

Pul massasining oʻsishi vakillik hisobvaraqlaridagi qoldiqlarning oʻsishiga ham turtki boʻlgan. Ushbu qoldiq oy davomida 6,3 trln soʻmga oʻsgan va 21,8 trln soʻmga yetgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//