Iqtisod
Toshkent shahridagi dehqon bozorlarida sotilayotgan 6,8 tonna goʻsht va goʻsht mahsulotlari yaroqsiz ekani aniqlandi. Bu haqida oʻtkazilgan brifingda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi boshqarma boshligʻi Alisher Safarov maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning oʻtgan davri mobaynida Toshkent shahri dehqon bozorlaridagi 30,6 ming tonna goʻsht, 103 ming tonna oʻsimlik mahsulotlari, 163,8 mln dona tuxum, 6,6 ming tonna sut va sut mahsulotlari veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboratoriyasi tomonidan laboratoriya tahlillaridan oʻtkazilgan.
Aniqlanishicha, 6,8 tonna goʻsht va goʻsht mahsulotlari, 43,5 tonna oʻsimlik mahsulotlari, 89 ming dona tuxum, 4,7 tonna sut va sut mahsulotlari isteʼmolga yaroqsiz boʻlgan va ushbu mahsulotlar savdodan chetlashtirilgan va zararsizlantirib yoʻqotilgan.
                  Jamiyat
                  Iqtisod
                  Siyosat
                  Jamiyat
                  Jamiyat
                  Ilm-fan
             109695
          Jamiyat
             94081
          Jamiyat
             89860
          Jamiyat
             73018
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q