Toshkentning 12 ta qadimiy darvozasi to‘g‘risida muhim qaror qabul qilindi

Saqlash
18:03 / 18.05.2022 913 0

Toshkent shahar hokimligi tomonidan poytaxtimizning qadimiy darvozalarini qayta tiklash, ularning aniq tarixiy dizayni va loyiha-konsepsiyalarini puxta ishlab chiqish ishlari ko‘rib chiqilmoqda.


Hokimlik axborot xizmatining xabar berishicha, 2021 yil 18 oktyabrda Toshkent shahar hokimining “Toshkent shahrining 12 ta qadimiy darvozasini tiklash va ularning joylashgan koordinatalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinib, bu masalada Ishchi guruh shakllantirilgan.

 

Joriy yilda Poytaxtimizning 12 ta qadimiy darvozalaridan 2 tasini qayta tiklash ishlari olib borilayotgani ma’lum qilindi.

 
Ma’lumot o‘rnida: 19 asrga qadar Toshkent shahri 12 ta darvozaga ega kuchli qal’a devori bilan o‘ralgan. Har bir darvoza o‘sha hududning qadimiy nomi, markaziy ko‘chaning nomlanishi yoki qaysi yo‘nalishda joylashganligiga qarab atalgan: Labzak, Taxtapul, Qorasaroy, Sag‘bon, Chig‘atoy, Ko‘kcha, Samarqand, Kamolon, Beshyog‘och, Ko‘ymas, Qo‘qon, Qashqar va b. Har bir darvozani maxsus xonada yashagan qo‘riqchi (darvazabon) nazorat qilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//