“NestOne”da ishchilarga maosh vaqtida berilmagani aniqlandi. Murod Nazarov hammasi vahima ekanligini aytmoqda

Saqlash
22:27 / 17.05.2022 1017 0

Ijtimoiy tarmoqlarda “NestOne binosi oldida nimalar boʻlmoqda?” sarlavhasi ostida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi rasmiy munosabat bildirdi. 

 

Qayd etilishicha, Toshkent shahar Davlat mehnat inspeksiyasi Shayxontohur tumanidagi “Tashkent city” hududida qurilayotgan “Nestone” osmonoʻpar binosida ishlayotgan ishchilarga “Ozguvn mimarlik inshaat” MCHJ XK hamda “Ozguven tasarim mimarlik insaat sanayi ve ticar” PU tomonidan oʻz vaqtida ish haqi berilmagani oʻrganilgan.


Aniqlanishicha, 2022-yil 17-may kuni Shayxontohur tumanida joylashgan “Tashkent city” hududidagi “Nestone” osmonoʻpar binosida “Ozguvn mimarlik inshaat” MCHJ XKning 312 nafar ishchilari 2022-yil aprel uchun uchun ish haqlarini olmaganligi sababli mazkur korxonaga nisbatan rozilik bildirgan.

 

Vazirlikka koʻra, 2022-yil 17-may kuni 312 nafar ishchilarga 1 007 001 825.87(bir milliard yetti million bir ming sakkiz yuz yigirma besh) soʻm ish haqlari toʻlab berilishi taʼminlangan.


Shu bilan bir qatorda, Shayxontohur tumanida joylashgan “Tashkent city” hududidagi “Nestone” osmonoʻpar binosida "Ozguven tasarim mimarlik insaat sanayi ve ticar” PUning 427 nafar ishchilari 2022-yil aprel oyi uchun ish haqini oʻz vaqtida olmaganligi sababli mazkur korxona rahbariyatiga norozilik bildirgan. Oʻrganish jarayonida ishchilarga 2022-yil 17-may kuni 427 nafar ishchilarga 1 346 355 177.06 (bir milliard uch yuz qirq olti million uch yuz ellik besh ming bir yuz yetmish yetti) soʻm ish haqlari toʻlab berilishi taʼminlandi.


Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat mehnat inspeksiyasi toʻgʻrisida”gi 1066-sonli Nizomiga muvofiq, Toshkent shahar Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan 2022-yil 17-may kuni Ozguvn mimarlik inshaat” MCHJ XK va "Ozguven tasarim mimarlik” MCHJ shaklidagi xorijiy korxonasi rahbari Guven Mehmetra nomiga yozma koʻrsatma berildi.

 

Shuningdek, “NestOne” majmuasini qurayotgan “Murad Buildings” qurilish shirkati rahbari Murod Nazarov inshoot oldiga borib, holat yuzasidan munosabat bildirdi.

 

«Ijtimoiy tarmoqlarda vahima qilaverib, charchatib yubordinglar. Toʻgʻrisini aytaman. Mana jonli efir qilyapman. Vahima qilmanglar. Osh hammaga yetmagan boʻlsa shunday vahima qilish shartmi? Hammayoq tinch, jim-jit. Hammasi zoʻr ketyapti, hamma ishlayapti. Bitta osh qilib, baloga qoldim.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//