Iqtisod
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Respublika tovar-xom ashyo birjasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtayotgani haqida xabar bergan edik.
Prezident mutasaddilarga mahalliy mahsulotlarni birjaga olib chiqishni tuman darajasiga tushirish boʻyicha tizim yaratish vazifasini qoʻydi.
Yangi tizim boʻyicha:
- tuman hokimi gʻalla yetishtiruvchi fermer va klasterlar kesimida bugʻdoyni birjaga olib chiqish oyma-oy rejasini ishlab chiqadi;
- tuman hokimi va Savdo-sanoat palatasining tuman boʻlimi ushbu fermer va klasterlarni birjada roʻyxatdan oʻtkazishni tashkillashtiradi;
- tadbirkorga qulay boʻlishi uchun Savdo-sanoat palatasi tuman boʻlimida birja savdo maydonchasi tashkil etiladi;
- ushbu savdo maydonchasida tadbirkor, fermer va klasterlarga birja hujjatlarini rasmiylashtirishga koʻmaklashiladi;
- ular shu joyning oʻzida birja savdolarida ishtirok etishga oʻqitiladi;
- fermerlarga bugʻdoyni birjaga qoʻyganda garov talab etilmaydi.
Birja savdosi boʻyicha tadbirkor va fermerlar uchun sodda va loʻnda metodika ishlab chiqiladi.
Sotilgan mahsulotga birja tomonidan bir kunda toʻlov amalga oshiriladi. Bunda fermerga toʻlovlarni oʻz vaqtida va toʻliq kelib tushishini birja kafolatlaydi.
“Bu yangi tizim fermer va klasterlarga maktab, hokimlarga esa sinov boʻladi”, dedi Prezident.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q