Qo‘rg‘ontepa hokimining 18 yordamchisi yoppasiga ishdan olindi

Saqlash
20:54 / 17.05.2022 817 0

Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani hokimi qaroriga asosan, hokimning mahalla fuqarolari yig‘ini tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha 18 nafar maslahatchisi ishdan olingan.

 

Xususan:

 

    Sardorbek Mamarasulov Oltinsoy mahallasi;
    Baxtiyor Umarov Nafosat mahallasi;
    Muhammadmuso Obidov Chorvador mahallasi;
    Abdug‘ani Abduqodirov Yangiobod mahallasi;
    Nozimjon Abdugapparov Toshloq mahallasi;
    Husanbek Jahongirov Xo‘jatepa mahallasi;
    Sarvarjon Abdirayimov Birlik (2-sektor) mahallasi;
    Davronbek Hakimov Dexqonobod mahallasi;
    Olmosbek Raimqulov Buyuk turon mahallasi;
    Dilmurod Xo‘jamberdiyev A.Yassaviy mahallasi;
    Akmaljon Hamdamov Jannat buloq mahallasi;
    Nodirbek To‘xtaboyev Ozod mahallasi;
    Lutfulla Uvaysidinov Ustoz mahallasi;
    Ravshanbek Usmonov Ko‘nchilik mahallasi;
    Husanboy Hakimov Hurobod mahallasi;
    Eldorbek Yunusov Birlashgan mahallasi;
    Zohidjon Qahramonov Mustaqillik mahallasi;
    Akmaljon Abdig‘opirov Gʻayrat mahallasi.

 

Ularning ishdan olinish sabablari hozircha ma’lum emas.

 

Shuningdek, Eldorbek Yunusov tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajarauvchi etib tayinlangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//